2015-yil 29-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari yig‘ilishi “maydonlarida” Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari A. Antonov O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘rinbosari N. Mullaboyev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklarining harbiy va harbiy−texnik hamkorligi rivojining holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikning an’anaviy do‘stona xarakterini va uni rivojlantirish uchun to‘siqlar yo‘qligini e’tirof etdi.
Anatoliy Antonov ikkala mamlakat milliy xavfsizligini oshirishga qaratilgan harbiy aloqalarning yangi shakllari va yo‘nalishlarini izlash muhimligini ta’kidladi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy sohadagi hamkorlikning barcha jihatlari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Izoh (0)