“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 2015-yil 20-iyundan boshlab kuzatib boruvchisiz bolalarni tashish uchun to‘lov ularning yoshidan qat’i nazar istalgan tarifning 100 foizlik qiymatida aviachiptani rasmiylashtirish vaqtida amalga oshirilishini belgilab qo‘ydi.
EMD yordamida rasmiylashtiriladigan kuzatib boruvchisiz bolalarga xizmat ko‘rsatishning maxsus jihatlari uchun qo‘shimcha 20 yevro qiymatidagi bir martalik yig‘im to‘lanadi.
Aviachipta ixtiyoriy yoki majburiy ravishda qaytarilgan taqdirda ushbu yig‘im to‘liq qaytarib beriladi. Ichki reyslarda kuzatuvchisiz bolalarni tashishda qo‘shimcha yig‘im olinmaydi.
Izoh (0)