Yaponiya provinsiyalaridan birida temir yo‘l stansiyasi rahbari hisoblangan Tama laqabli mushukning tantanali dafn marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Associated Press.
Wakayama Electric Railway temir yo‘l kompaniyasi prezidenti Mitsunobu Kodzima Tamaga xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi va iyul oyida uning sharafiga haykal o‘rnatishga va’da berdi. Kodzima mushukning o‘limidan bir kun oldin uni ko‘rish uchun kasalxonaga borganini so‘zlab berdi.
16 yoshli Tama Yaponiyada o‘tgan hafta boshida vafot etdi. U 2007-yilda Vakayama prefekturasidagi Kisi stansiyasi rahbari etib tayinlanganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan edi. Platforma bo‘ylab temir yo‘l xodimi furajkasida sayr qilib yurgan Tamani ko‘rish uchun butun Yaponiyadan sayyohlar kelgan. Mushuk tufayli ushbu temir yo‘l yo‘nalishidan foydalanuvchilar soni 55 mingga oshdi, bu esa mahalliy iqtisodning 1,1 milliard iyenga (488,4 million rubl) o‘sishiga olib keldi.
Izoh (0)