Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari Lion shahri yaqinida joylashgan zavodga hujum qilganlikda shubhalanilayotgan shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qo‘lga olingan erkakning yoshi taxminan 30 da bo‘lib, Fransiya Ichki xavfsizlik bosh departamenti hisobida turgani ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, Lion yaqinidagi zavodda gazli ballon portlatilishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)