Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Camaro sportkarining ochiq modifikatsiyasini rasman taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Model elektrogidravlik qurilma yordamida ochilib-yopiladigan tomga ega bo‘lgan.
Tom 48 kilomet/soatgacha bo‘lgan tezlikda harakatlanganda ochilib-yopiladi, to‘xtagan holatda esa buni kalitdagi tugma orqali amalga oshirish mumkin.
Tom aynan qancha vaqtda yig‘ilishiga aniqlik kiritilmagan, avvalgi modelda bunga 20 soniya ketgan.
https://youtu.be/wxGBjR9qBtc
Yangi kabriolet 100 kilogrammga yengillashgani ham ma’lum bo‘lgan.
https://youtu.be/VvJDgs92dME
Dvigatellari kupe versiyasinikidek bo‘ladi: 275 ot kuchiga ega 2 litrli V4, 335 ot kuchiga 3,6 litrli V6 va 455 ot kuchiga ega 6 litrli V8 motorlar taqdim etiladi.
Motorlarning har biri olti bosqichli mexanik va sakkiz bosqichli avtomatik tezlik uzatish qutisi bilan ishlay oladi.
Modelni yig‘ish Michigan shtatidagi Lansing shahrida yo‘lga qo‘yiladi. Shimoliy Amerikada yangi kabriolet 2016-yil boshidan sotuvga chiqadi.
Avvalroq, Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Cruze sedanini taqdim etgan edi.
Izoh (0)