Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Cruze sedanini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”. Model avvalgisidan kattaroq va yengilroq bo‘lgani aytilmoqda.
Cruze General Motors konsernining D2 nomli yangi platformasida qurilgan. G‘ildiraklar bazasi hajmi 15 millimetrga oshib 2700 millimetrga yetgan, avtomobil uzunligi esa 69 millimetrga oshib, 4666 millimetrga yetgan. Yangi shassi ishlatilishi tufayli 133 kilogrammga yengillashgan.
AQSh va Kanadada Cruze 153 ot kuchiga ega 1,4 litrli trubomotor bilan taqdim etiladi. Ushbu dvigatel 96 kilometr/soat tezlikka sakkiz soniyada chiqish imkonini beradi. 2017-yildan dizelli agregat chiqarilishi ham aytilgan.
Cruze’da taklif etiladigan MyLink tizimi Google’ning Android Auto va Apple’ning CarPlay dasturlarini ishlata oladi. Shuningdek, OnStar sun’iy yo‘ldosh tizimi va 4G tarmog‘idagi Wi-Fi tarqatuvchi ham o‘rnatiladi.
Shimoliy Amerikada yangi Chevrolet Cruze 2016-yil boshidan sotuvga chiqariladi. Keyinroq yana taxminan 40 ta bozorda sotila boshlaydi.
Izoh (0)