Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-iyun, seshanba kuni ertalab Armaniston politsiyasi Yerevan markazida elektr energiyasi narxi oshishiga qarshi uyushtirilgan norozilik aksiyasini tarqatib yubordi, deb xabar beradi Meduza. Bunda politsiya suv otuvchi qurol va kuchdan foydalandi.

Foto: AFP

Foto: AFP

Jami 237 kishi qo‘lga olindi. Yetti kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi, huquq-tartibot organlari 11 nafar politsiyachi jabrlanganini aytmoqda.

Yerevanda elektr narxi oshishi bilan bog‘liq notinchliklar 19-iyundan buyon davom etmoqda. 22-iyun kuni kechqurun shahar ko‘chalaridan birida muddatsiz aksiya boshlandi, ishtirokchilar yerga o‘tirib olgan holda Armaniston prezidenti Serj Sargsyandan tariflar oshishi haqidagi qarorni noqonuniy deb tan olishni talab qila boshladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi