Toshkent shahrining Amir Temur shohko‘chasida joylashgan svetofor yaqinida 10 soniya ichida oltita qo‘pol qoidabuzarlik sodir etilgani qayd etildi. Ushbu holat “Daryo” mobil muxbiri tomonidan videoga olindi.
21-iyun kuni soat 18:14 da avtomobil videoregistratoridan yozib olingan lavhada ketma-ket oltita avtomobil qizil chiroqqa to‘xtamay o‘tib ketgani ko‘rinib turadi.
Jumladan, videoning 8-soniyasida davlat raqami 10 Z 969 DA bo‘lgan oq Nexia, 9-soniyasida raqmi aniqlanmagan oq Spark, 11-soniyasida davlat raqami 01 Y 084 PA bo‘lgan oq Matiz, 13-soniyasida davlat raqami 01 P 721 RA bo‘lgan kulrang Lacetti, 16-soniyasida davlat raqami 01 R 233 SA bo‘lgan oq Spark, 18-soniyasida raqami aniqlanmagan kulrang “Jiguli 099” qizil chiroqqa o‘tib ketgan.
Transport vositalari haydovchilari tomonidan svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmay o‘tish uchun eng kam ish haqining ikki baravari (2015-yil 22-iyun uchun 236 800 so‘m) miqdorida jarima belgilangan bo‘lib, ushbu holatda 10 soniya ichida 1 420 800 so‘mlik jarima solinishi mumkin edi.
Izoh (0)