Qozog‘istonning Aktau shahri markazida Amerikaning Manxetteniga o‘xshash tuman barpo etiladi, deb xabar beradi “Nur.kz” shahar bosh me’mori Murat Tilovbayev ma’lumotiga tayanib.
16-iyun kuni “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligiga yangi texnologiyalarni kiritish” mavzusidagi Xalqaro konferensiya doirasida Aktau shahri hokimi Edil Janbirshin va bosh me’mor konferensiya ishtirokchilarini viloyat markazining bosh loyihasi bilan tanishtirdi.
Tilovbayev aholi turar-joylari, ma’muriy markaz, zamonaviy konsert zali, drama teatrlari, ko‘rgazmalar pavilyoni va mehmonxonalar kompleksini o‘z ichiga olgan shaharning yangi qismi qurilishi jarayoni haqida so‘zlab berdi.
“Aktauning ma’muriy markazi Nyu-Yorkdagi Manxetten yoki Rossiya poytaxtidagi Moskva-sitiga o‘xshash bo‘ladi”, — deydi bosh me’mor.
Izoh (0)