Jakarta ma’muriy sudi 22-iyun kuni narkotiklar savdosida ayblanib, Indoneziyada otishga hukm qilingan Fransiya fuqarosi Serj Atlauini afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad etdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Biz arizachining iltimosnomasini rad etamiz”, — dedi sudya Uyanga Abdulloh. Indoneziya qonunlariga binoan, narkotiklarni ishlab chiqarish, saqlash va o‘tkazish o‘lim jazosiga mahkum qilinadi. 2005-yilda qo‘lga olingan Altaui sudda o‘zi ishlagan kichik kimyo korxonasi rahbarlarining jinoiy faoliyatidan xabardor bo‘lmaganini isbotlashga uringan.
U akril ishlab chiqarishda ishtirok etayotganiga amin bo‘lganini ma’lum qilgan, aslida bu ekstazi nomli narkotik modda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan maxfiy laboratoriya bo‘lgan.
Fransiyada Serj Altauining taqdiri davlatning oliy siyosiy nazorati ostida turibdi. Indoneziya elchisi bu yuzasidan tushuntirish berish uchun uch marta Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan. Prezident Fransua Olland mamlakat fuqarosining qatlini bekor qilish uchun oxirigiacha kurashishi haqida bir necha marta ma’lum qilgan.
Izoh (0)