AQShning J.D. Power and Associates marketing agentligi tomonidan 29-marta eng ishonchli yangi avtomobillar reytingi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Bibi.uz”.
2015-yil fevral—may oylarida sotib olingan avtomobillar o‘rganilgan tadqiqotda 84 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Reyting tuzish uchun har 100 ta avtomobilga to‘g‘ri keluvchi nosozliklar soni o‘rganildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuchli o‘nlikdan Porsche (Germaniya, har 100 avtomobilda 80 nosozlik), Kia (Janubiy Koreya, 86), Jaguar (Buyuk Britaniya, 93), Hyundai (Janubiy Koreya, 95), Infiniti (Yaponiya, 97), BMW (Germaniya, 99), Chevrolet (AQSh, 101), Lincoln (AQSh, 103), Lexus (Yaponiya, 104) va Toyota (Yaponiya, 104) o‘rin olgan.
Izoh (0)