Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi kotibi sud binosini qo‘riqlayotgan militsionerga hujum qilib, unga qaychi bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda “Diyonat” gazetasiga asoslanib “12news.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 25 yoshli sud kotibi IIB qo‘riqlash xizmati xodimiga qo‘pol munosabatda bo‘lgani tufayli ular orasida mojaro kelib chiqqan. Ismi oshkor qilinmagan sud xodimi kanselyariya qaychisi bilan militsionerga jarohat yetkazgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tumani sudi kotibga tegishli jazoni tayinlagan.
Izoh (0)