Florida shtati sobiq gubernatori, respublikachi Jeb Bush AQShning prezidentlik lavozimiga saylovoldi kampaniyasida ishtirok etish uchun hujjatlarini topshirdi, deb xabar beradi “RBK” The Wall Street Journal ma’lumotlariga tayanib.
Jeb Bush o‘z oilasidan AQSh davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘yayotgan uchinchi vakil sanaladi. Bundan avval uning otasi — Jorj Bush va akasi – kichik Jorj Bushlar prezident bo‘lgan.
AQSh prezidentligiga saylovlar 2016-yil 8-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Respublikachilardan Lindsi Grem, demokratlardan Hillari Klinton, Byorni Sanders, Martin O’Mell va Linkoln Cheyfilar ham saylovda qatnashishini e’lon qildi.
Izoh (0)