Kuchli yog‘ingarchilik natijasida Xitoy janubi-sharqidagi Szyansi viloyatida 40ga yaqin yirik shahar suv ostida qoldi. “Segodnya.ua”ning xabar berishicha, 400 mingga odam boshpanasiz qolgan.
Kuchli yomg‘ir uch soat tinimsiz davom etgan. Suv sathi hali ham bir yarim metrdan pastlagani yo‘q. Halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot berilmayapti, bedarak yo‘qolganlar bor.
Shaharlarda transport harakati to‘xtab qolgan, minglab avtomobillar shunchaki suvga cho‘kib ketgan.
https://www.youtube.com/watch?v=IVEGWQGFNxA&feature=player_embedded
Izoh (0)