Ramazon oyi arafasida O‘zbekistondagi bir nechta masjidlar ta’mirlanib, ibodat uchun yangi binolar qurilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasiga asoslanib “Qadriyat.uz” xabar bermoqda.
Namangan viloyati Uychi tumani O‘nahayat shaharchasida joylashgan “Mashhad mozor” jome’ masjidi xonaqosi ham qayta ta’mirlandi. Shu yilning 29-may, muborak juma kuni masjid xonaqosini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Masjid zamonaviy usulda 3 qavat qilib qurilgan hamda o‘rtadagi asosiy gumbaz atrofida 4 ta baland minoralar o‘rnatilgan.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi hazrat Boyazid Bistomiy ziyoratgohida 1925-yilgacha mahobatli masjid bo‘lib, sovet davrida buzib tashlangan edi. 1990-yili buzib tashlangan masjid hashar yo‘li bilan imkon qadar qayta tiklandi. 2015-yilning 29-may – muborak juma kuni hazrat Bistomiy nomi bilan yuritiladigan masjid asosiy binosining birinchi g‘ishti qo‘yildi.
Izoh (0)