Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili 14-iyun, yakshanba kuni Tbilisidagi suv toshqini natijasida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab Motam kuni o‘tkazilishi haqida qaror qabul qildi, deb xabar qiladi "TASS".
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, tabiiy ofat natijasida 12 kishi halok bo‘ldi, shulardan uch nafari Tbilisi hayvonot bog‘i xodimlaridir. 24 kishi esa bedarak yo‘qoldi.
Qutqaruv xizmati xodimlari, Ichki ishlar vazirligi, Tbilisi meriyasi va harbiy xizmatchilar tomonidan sutka davomida 100 dan ortiq kishi qutqarildi, ulardan 15 ga yaqini kasalxonalarga yetkazili va ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)