Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton amerikaliklarni Rossiya, KXDR va Eron tomonidan bo‘ladigan “an’anaviy tahdidlar”dan himoya qilishga va’da berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Associated Press

Foto: Associated Press

2016-yilgi prezident saylovida Demokratik partiyadan asosiy nomzod bo‘lishi kutilayotgan Klinton xonim “Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron kabi mamlakatlardan bo‘ladigan an’anaviy tahdidlarni kutib olish va Xitoy kabi yangi kuchlarning o‘sib borishi bilan kelishish” borasida dunyoning hech bir mamlakati AQShdan yaxshiroq ta’minlangan emas, deb hisoblaydi. Xillari Klinton davlat rahbari o‘rnida Amerika xavfsizligi uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani amalga oshirishga va’da berdi.

Klinton dasturiy nutqining asosiy qismi iqtisodiy masalalarga bag‘ishlandi. U, xususan, yirik korporatsiyalar foydalana oladigan rasmiy tuynuklarni yopish orqali soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish va ko‘p yillar davomida talabalik kreditini to‘lab kelayotganlarga yordam ko‘rsatishni taklif qildi. “Farovonlik faqatgina kompaniya prezidentlari va xedj-fondlarning menejerlarida bo‘lmasligi kerak. Demokratiya – faqat milliarderlar va korporatsiyalarniki emas”, - dedi AQSh sobiq prezidenti Bill Klintonning turmush o‘rtog‘i va sobiq davlat kotibi Xillari Klinton.

Navbatdagi AQSh prezidenti saylovi 2016-yil 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirgacha Respublikachilar partiyasidan o‘n kishi, jumladan, Arkanzas sobiq gubernatori Mayk Xakabi, senatorlar Ted Kruz va Rend Pol, Hewlett-Packard’ning sobiq bosh direktori Karli Fiorina, neyroxirurg Ben Karson, Pensilvaniyaning sobiq senatori Rik Santorum, shuningdek, AQShning 43-prezidenti Jorj Bushning ukasi – Jeb Bush kabilar saylovda ishtirok etish istagini bildirdi.

Demokratlardan esa hozircha to‘rt kishi prezident saylovida ishtirok etish niyatida. Ular orasida, Klintondan tashqari, Merilendning sobiq gubernatori Martin O’Melli va senator Berni Sanders, shuningdek, Rod-Aylendning sobiq gubernatori Linkoln Cheyfi bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)