Koreya Respublikasida yana bir kishi koronavirus oqibatida vafot etdi, shu tariqa qurbon bo‘lganlar soni 11 nafarga yetdi, deb xabar beradi “TASS”. Virusni yuqtirib olganlar soni o‘tgan kun davomida yana to‘rt kishiga ortib, jami 126 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 12-iyun kuni xabar berishicha, kasallanganlarning barchasi virusni Seul kasalxonalaridan birida yuqtirib oldi.
Bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 3800 kishi uy karantinida saqlanmoqda.
Janubiy Koreyada birinchi marta MERS koronavirusi bilan kasallanish holati 20-may kuni qayd etilgan.
Izoh (0)