Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya parlamenti mamlakatni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ro‘yxatidan chiqarish uchun referendum o‘tkazish masalasidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar beradi “Meduza”.

Foto: fundweb.co.uk

Foto: fundweb.co.uk

Endi hujjat ko‘rib chiqish uchun parlamentning ijroiya qo‘mitasiga jo‘natiladi. Qo‘mita uni ko‘rib chiqqanidan so‘ng tuzatishlar uchun o‘z variantini taklif qiladi.

544 deputat qonun loyihasini yoqlab ovoz berdi, 53 kishi qarshi chiqdi.

2017-yilga qadar mazkur referendumni o‘tkazish bosh vazir Devid Kemeron boshliq Buyuk Britaniya konservativ partiyasining asosiy saylovoldi va’dalaridan edi – partiya 7-may kuni bo‘lib o‘tgan umummilliy saylovlarda g‘alaba qozondi. Qirolicha Yelizaveta II may oyi oxirida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi masalasidagi referendum 2017-yilgacha o‘tkazilishini tasdiqlagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?