Qirg‘izistonda iyun oyida havo harorati so‘nggi 50 yil mobaynidagi rekord darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya agentligi direktori Zarilbek Itibayev Qirg‘iziston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Kubatbek Boronov rahbarligida bo‘lib o‘tgan xizmat yig‘ilishida xabar berdi.
“Tog‘larga juda ko‘p qor yoqqan. Issiq ob-havo natijasida bu qorlarning erishi, shuningdek davomli jala va yomg‘irlarning yog‘ishi daryo va ko‘llardagi suv sathining ko‘tarilishiga olib keladi, sellarni keltirib chiqaradi. Bu esa oxirgi 50 yil ichida rekord darajadagi yuqori havo harorati bo‘ladi”, — deydi Zarilbek Itibayev.
“Qish mavsumidagi yog‘ingarchiliklar va ob-havo ma’lumotlarini hisobga olgan holda, sel va suv toshqinlari xavfi oldini olish maqsadida ehtiyot choralarini kuchaytirish kerak. Barcha kuchlarimizni mahalliy aholiga bexavotir sharoit yaratish uchun qaratishimiz lozim”, — deb ta’kidladi vazir Kubatbek Boronov.
Izoh (0)