Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistonga elektron kutubxona yaratish loyihasini amalga oshirishda ko‘maklashadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov rivojlanish maqsadlaridagi hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-koreys simpoziumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Azimov O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Seulga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya KOICA bilan 2015—2017-yillarga mo‘ljallangan dastur imzolaganini eslatib, uch yil davomida KOICA O‘zbekistonga 60 million dollarga yaqin grant taqdim etishini ta’kidladi.
Qayd etilshicha, hamkorlik dasturi doirasida KOICA elektron kutubxona yaratish loyihasiga grant taqdim etadi. Loyiha doirasida O‘zbekistonning 220 ta kutubxonasidagi kitoblar bitta internet resursga birlashtiriladi.
Izoh (0)