WBA versiyasi bo‘yicha superog‘ir vaznda jahon chempioni — o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev va amerikalik Fres Okendo o‘rtasidagi sudlashuv tomonlarning yarashuvi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, mojaroni hal etishda Rossiya Professional boks federatsiyasi vitse-prezidenti Andrey Ryabinskiyning shaxsan o‘zi aralashgani yordam bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Chagayev 11-iyul kuni Germaniyada o‘tkaziladigan Franchesko Pyanetaga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rishi kerak, sud esa bunga xalal bermasligi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil iyulida Grozniyda o‘tkazilgan jangda Chagayev Okendoni yengib, WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioniga aylangan edi. Shundan keyin amerikalik bokschi shartnoma shartlari buzilganini da’vo qilib Nyu-York sudiga murojaat qilgan. Chagayevning jamoasi esa o‘z navbatida Moskva sudiga murojaat qilgan. Yarashuvdan keyin endi Chagayev italiyalik bokschiga qarshi bemalol ringga chiqishi mumkin.
Izoh (0)