Rossiya davlat buyurtmalari saytida ichida marhumning DNK namunalari saqlanadigan qismiga ega elita tobutlarga buyurtma joylashtirildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Buyurtma Permning “Ritualniye uslugi” munitsipal korxonasi tomonidan joylashtirilgan. Jami 20 ta tobut buyurtma berilgan bo‘lib, shartnomaning umumiy qiymati 754 ming rubl (25 ming dollar) ni tashkil etadi.
Aniqlik kiritilishicha, barcha tobutlar pavloniya daraxti yog‘ochidan yasalib, ularga mikrolift o‘rnatilishi lozim. Bundan tashqari, to‘rtta tobut “Maxfiy oqshom”dan lavhalar bilan bezalishi kerakligi aytilgan.
Izoh (0)