Rossiya Birinchi kanalining “Toch-v-toch” loyihasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik Aziza “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.
Ko‘rsatuvga toshkentcha palov tayyorlab kelgan Aziza olti yoshidayoq taqlid san’ati bilan shug‘ullanganini, jumladan Yuriy Nikulinga o‘xshatganini qayd etdi. Xonanda obrazini yaratgan erkaklar — Shainskiy, Armstrong, Leps va Nikulindan eng qiyini qaysi bo‘lgani haqidagi savolga Grigoriy Leps deb javob bergan. Buning uchun ko‘zoynakni Lepsning o‘zidan so‘rab olganini ham aytib o‘tgan.
Shuningdek, u Moskva yaqinida qurayotgan dala hovlisida rossiyalik taniqli xonanda Lolita bilan qo‘shni bo‘lishini hamda Toshkentda havo Moskvadagidan issiqroq ekanligini ta’kidlagan. Suhbat so‘ngida Aziza bir necha taniqli obrazlarga kirib ko‘rsatgan.
Izoh (0)