Hindiston prezidenti Pranab Mukerji va Shvetsiya qirollik oilasi a’zolari o‘tirgan kortej Shvetsiyaning Uppsala shahrida yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar bermoqda The Local.
Avariya prezident korteji Mukerji nutq so‘zlashi rejalashtirilgan mahalliy universitetga yo‘l olganda sodir bo‘lgan. Kortejga hamrohlik qilgan to‘rt avtomobil aylanma yo‘lga yaqinlashilgan vaqtda avariyaga uchragan. Yo‘l-transport hodisasidan keyin kortej yo‘lida davom etgan.
Avariya oqibatida olti kishi shifoxonaga yotqizilgan. Mukerjiga ham, Shvetsiya valiahd malikasi Viktoriya hamda uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Danielga ham zarar yetmagan.
Izoh (0)