Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 47 yoshli erkak yoshi o‘zi bilan teng ayolni aldab, uning taqinchoqlari va pulini olib qo‘ydi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Ayol uning gaplariga ishonib, tilla taqinchoqlari — zanjir va sirg‘alarini hamda 30 ming so‘m pulini berib yuboradi. Aldanganini bilgach esa, tuman Ichki ishlar bo‘limiga borib, bu haqida ariza yozadi.
Huquq muhofazachilari tez orada firibgarni qo‘lga oldi. U muqaddam sudlangani ham ma’lum bo‘ldi. Jabrlanuvchi o‘zini aldagan kishi shu erkak ekanligini tanidi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)