Amerikalik havaskor tadqiqotchi—astronomlar Yer orbitasida AQShning X-37B maxfiy kosmik kemasini kuzatishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
“Kuzatuvchilar apparatni 312—325 kilometr balandlikdagi orbitada, ekvatorga 38 daraja egilgan holda qayd etdi. Bu safar u har qachongidan ham pastki orbitada edi”, — dedi havaskor astronom Ted Movchan.
Eslatib o‘tamiz, NASA va Boeing hamkorligida 1999-yildan buyon amalga oshirilib kelinayotgan X-37 dasturining to‘rtinchi missiyasi 20-may kuni koinotga uchirilgan edi.
Izoh (0)