AQShning Kaliforniya shtatida qurollangan avtomobil o‘g‘risi politsiya ta’qibidan keyin yoqilg‘i quyish shoxobchasida ikki kishini asirga oldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, o‘g‘ri mashinani gaz stansiyasi yaqinida urib olgan va boshqa avtomobilni olib qochishga ulgurmagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 20—25 ta politsiya mashinasi, qo‘lga olish guruhi va ikkita vertolyot voqea joyiga yetib kelgan.
Associated Press agentligi ma’lumotiga qaraganda, jinoyatchi bilan muzokaralardan keyin asirlardan biri ozod qilingan. Politsiya atrofdagi barcha ko‘chalarni va shossega olib chiquvchi yo‘llarni yopib qo‘ygan. Keyinchalik u qo‘lga olinib, ikkinchi asir ham ozod qilingani xabar berilgan.
Izoh (0)