Arxeologlar Efiopiyada noma’lum qadimgi odamning qoldiqlarini topdi. Bu haqda Nature jurnaliga asoslanib, “Newskaz.ru” xabar bermoqda.
Efiopiya shimolidagi Afar viloyatidan topilgan qoldiqlarning yoshi 3—3,5 million yil deb baholanmoqda. Tishi va jag‘i topilgan odam avval noma’lum bo‘lgan, arxeologlar unga Australopithecus deyiremeda nomini bergan.
Qayd etilishicha, deyiremeda so‘zi mahalliy xalq tilida “yaqin qarindosh” ma’nosini bildiradi. Taxminlarga ko‘ra, arxeologlar bir yo‘la to‘rt odamning qoldiqlarini topgan.
Izoh (0)