Amerikaning Nebraska shtatida o‘lim jazosi bekor qilindi, deb xabar qiladi Associated Press. O‘lim jazosi shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirildi.
Ushbu qonun loyihasini o‘n yillab o‘lim jazosini bekor qilishga harakat qilgan mustaqil senator Erni Chembers tomonidan taklif qilindi.
Nebraska gubernatori respublikachi Pitt Rikkets shtatning oliy jazosini saqlab qolishni yoqlab chiqdi, ammo ko‘pchilik ovoz (30 ga qarshi 19) bilan senatorlar yangi qonunni qabul qildi. Shunday qilib, Nebraska o‘lim jazosi qo‘llanilmaydigan AQShning 19-shtatiga aylandi.
Nebraskada o‘lim jazosiga hukm qilingan jinoyatchi oxirgi marta 1997-yilda qatl qilingandi.
Ayni vaqtda shtat qamoqxonalarida o‘limga hukm qilingan 10 kishi bor. Endi ularning jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi.
Izoh (0)