Xitoylik baliqchilar Fuyuan shahri yaqinida Amur daryosidan 350 kilogrammlik kaluga balig‘ini tutib oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ular baliqni osyotr fermasiga olib borib, vaznini o‘lchab ko‘rgan, shuningdek, uning yoshi 53 da ekanligi aniqlangan.
Keyinroq baliq Xitoyning boshqa bir shahridan kelgan xaridorlarga sotib yuborilgan. Kaluganing ikrasi 300 ming yuanga pullangan.
Kaluga baliqlarning osyotr oilasiga tegishli bo‘lib, Amur havzasida yashaydi. Rossiyada kaluga va Amur osyotri Qizil kitobga kiritilgan va ularni ovlash taqiqlangan. Xitoyda esa osyotrlar oilasiga kiruvchi baliqlarni tutish man etilmagan.
Izoh (0)