Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Astrofiziklar fazoviy Olamda shu vaqtga qadar kuzatilgan galaktikalar orasida eng yorqinini aniqlashdi. NASA saytida xabar berilishicha, u Quyoshga nisbatan 300 trillion marta ko‘proq nur taratadi.

Foto: NASA

Foto: NASA

WISE J224607.57-052635.0 galaktikasi Yerdan 12,5 milliard yorug‘lik yili masofada joylashgan. Olimlarning taxminicha, uning yorug‘ligi galaktika markazida haddan tashqari katta qora tuynuk borligi bilan bog‘liq, u o‘ziga materiyani tortadi va undan akkreatsion diskni shakllantiradi.

Bu diskdagi modda million darajagacha qizib ketadi va ko‘rinuvchi, ultrabinafsha va rentgen diapozonlarida nur taratadi. Tuynukni o‘rab olgan chang yorug‘likni o‘tkazmaydi, biroq u qizib ketganidan infraqizil diapozonda nur taratadi. Olimlarning qayd etishlaricha, shu sababli ham ular WISE J224607.57-052635.0’ni avvalroq ko‘ra olishmagan.

Eng yorqin galaktika 2010-yili Wide-field Infrared Survey Explorer (WISE) infraqizil teleskopi yordamida aniqlangan edi. U bilan birgalikda yana 19ta shunday faol yulduzga aylanish jarayonlari kechayotgan obyektlar aniqlangan.

Bu jihat ularni galaktikalarning yangi turiga – ekstremal darajada yorqin infraqizil galaktikalar guruhiga kiritishga asos bo‘ldi. Olimlarning fikricha, yorqin galaktikalarning qariyb yarmi infraqizil diapozonda nur taratadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi videosini tarqatmaslik uchun 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Shou-biznes
“Kimdir meni yo‘q qilmoqchi, ammo buni uddalay olmayapti”. Muyassar Razzoqova 6 yildan beri “zapret”da ekanligi hamda O‘zbekistondan ketish istagi haqida
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)