Ispaniya poytaxsti Madrid shahrida Fitur—2015 xalqaro sayyohlik yarmarkasining eng faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda UzReport.
Marosimda O‘zbekistonning milliy stendi Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatning yuksak darajasini ko‘rsatgani uchun “Eng yaxshi stend” deb topildi. Taqdirlash chog‘ida “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi O‘zbekistonning taqdimotida boy madaniy-tarixiy meros va mamlakatning sayyohlik imkoniyatlari, shuningdek Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz kabi dunyoga mashhur shaharlar haqidagi materiallar namoyish etilganini qayd etdi.
Mukofotlarni topshirish marosimi Ispaniyaning turizm bo‘yicha davlat kotibi Borrego, Madrid meriyasi vakillari, Ispaniyaning turistik kompaniyalari, shuningdek mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)