Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chexiyada xokkey bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Final uchrashuvida azaliy raqiblar – Rossiya va Kanada terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

O‘yin kutilmagan hisob bilan yakun topdi. Kanadalik xokkeychilar amaldagi jahon chempioni Rossiya terma jamoasini yirik 6:1 hisobida dog‘da qoldirdi.

Kanadaliklar ketma-ket olti marotaba Bobrovskiy qo‘riqlagan darvozani ishg‘ol qilganidan keyingina Oleg Znarok shogirdlari uyg‘onishdi. Lekin Malkinning yagona goli amalda hech narsani o‘zgartirmadi.

Shu tariqa, Kanada terma jamoasi o‘z tarixida 25-marotaba jahon chempioniga aylandi. Rossiya terma jamoasi hisobida 27 ta chempionlik (22 tasi sobiq SSRI terma jamoasida, 5 tasi Rossiyada) bor. Yana bir ma’lumot, Kanada ushbu jahon chempionatidagi barcha 10 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Shaybalar nisbati – 66:15.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)