2013-yil 15-aprelda Bostondagi marafonda uch kishining o‘limiga va 250 dan ortiq kishining jarohat olishiga sabab bo‘lgan teraktda aybdor deb topilgan Joxar Sarnayev o‘lim jazosiga mahkum etildi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Qaror hakamlar hay’ati tomonidan 15 soatlik muhokamadan keyin qabul qilingan. Ushbu jazoga yagona muqobil sifatida ozod qilish imkoniyatisiz umrbod ozodlikdan mahrum etish bo‘lgan.
Hakamlarning qarori o‘lim jazosi muqarrarligini anglatmaydi. Rasmiy qaror yaqin oylar ichida sudya tomonidan qabul qilinadi. Advokatlar ushbu qaror yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin.
Qayd etilishicha, Massachusets sudlari deyarli 70 yildan buyon hech kimni qatl etmagan. Biroq asli chechenistonlik Sarnayev o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat beruvchi federal qonunlar asosida sudlangan.
Izoh (0)