Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi aprel oyi yakunlariga ko‘ra 1 kvadrat metr uchun 764 shartli birlikni tashkil etdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Mart bilan taqqoslaganda (788 sh. b.) kvartira narxlari 3 foizga pasaydi. Shu bilan birga, panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 735 sh. b. (martda — 753, -2%), g‘isht uylardagi — 804 sh. b. (831, -3%)ni tashkil qildi.
Aprel oyida Toshkentdagi 11 tumandan 10 tasida kvartira narxlari pasaygan, faqatgina Yashnobod tumanida narxlar deyarli o‘zgarmagan. Bektemir (1 kvadrat metr uchun 525 sh. b. gacha pasaygan), Mirobod (810), va Chilonzor (810) tumanlarida narxlar eng ko‘p — 4 foizga pasaygan.
Mirzo Ulug‘bek (768), Sirg‘ali (612), Yunusobod (790)va Shayxontohur (848) tumanlarida narxlar kamroq — 3 foizga pasaygan. Uchtepa (760) tumanida esa narxlar 2 foizga pasaygan. Olmazor (751) va Yakkasaroy (850) tumanlarida narxlar 1 foizga pasaygan.
Izoh (0)