O‘zbekistonda 2015−2019-yillarda neft-gaz sohasida umumiy qiymati 18,65 milliard dollarik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi Shokir Fayzullayev Oil & Gas Uzbekistan 2015 xalqaro ko‘rgazmasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan tasdiqlangan dasturga 2020-yilgacha neft va gaz sohasidagi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha 54 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 7,1 milliard AQSh dollari bo‘lgan 39 investitsiya loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Jumladan, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi joriy Buxoro viloyatida Qandim konlar guruhiga uskunalarni o‘rnatish va gazni qayta ishlash zavodi qurilishi ishlariga faol qo‘shiladi, 2019-yilda yakunlanadigan loyiha qiymati 2,7 milliard dollarni tashkil etadi. Shuningdek, dasturda Qashqadaryo viloyatida 2018-yilda qurilishi yakunlanadigan qiymati 3,98 milliard dollarlik sintetik yoqilg‘i zavodi, umumiy qiymati 4,4 milliard dollarlik ikkita gaz-kimyo majmuasi qurilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)