2015-yil 1-may holatiga ko‘ra Bloomberg Chinese Rich List va Asia Rich List reytinglarida Wanda Group rahbari Van Szyanlin 38,1 milliard dollar boyligi bilan Osiyoning eng boy kishisi sifatida e’tirof etildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Jahon reytingida 11-o‘rinda borayotgan milliarder Alibaba Group asoschisi Jek Ma (35,1 milliard dollar bilan 17-o‘rin) va gonkonglik sarmoyachi tadbirkor Li Kashin (34,7 milliard dollar bilan 19-o‘rin) ni ortda qoldirgan.
Bloomberg va Forbes tomonidan e’lon qilingan avvalgi Osiyoning eng boy kishilari reytingida Van Szyanlinning boyligi 24,2 milliard dollar deb baholangan edi. Uning boyligi keskin ko‘payishiga asosiy sabab sifatida milliarderga tegishli uchta kompaniya aksiyalarining birjadagi narxlari oshishi ko‘rsatilgan.
Izoh (0)