“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2012-yildan buyon aloqa obyektlarini uzluksiz quvvat bilan ta’minlash va energiyani tejash uchun quyosh va shamol generatorlari singari muqobil energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
2012-yilda UzMobile filiali tomonidan Surxondaryo viloyatidagi ikkita posyolkada, 2013-yilda Toshkent viloyatidagi uchta tog‘ posyolkalarida, 2013—2014-yillarda 12 ta uzoq tumanlardagi qishloq telefon stansiyalari hamda 44 ta olis tumandagi bazaviy va radio-rele stansiyalarida quyosh elektr stansiyalari o‘rnatildi.
2015-yilda “O‘zbektelekom” tomonidan olis hududlar va posyolkalardagi aloqa obyektlarini barqaror elektr energiyasini ta’minlash uchun 92 ta quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan.
Izoh (0)