Arnold Shvartsenegger Jeyms Kordenning The Late Late Show yumoristik shousida suratga tushdi. Bu haqda Meduza.io xabar bermoqda.
U shouning an’anaviy ruknida qatnashdi – ushbu ruknda taniqli aktyorlar olti daqiqa davomida faoliyatlaridagi barcha rollarni o‘ynab, ko‘rsatib berishlari kerak.
Shvartsenegger va Korden belgilangan vaqt oralig‘ida birinchi va ikkinchi “Terminator”dan, shuningdek, “Konan-varvar”, “Vaxshiy”, “Haqqoniy yolg‘on” va boshqa filmlardan lavhalarni sahnalashtirishga ulgurishdi.
https://youtu.be/tXmYdAm9Vjs