Samarqand viloyati Payariq tumani Bo‘ri mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro hamqishlog‘i bilan gap talashib qoldi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Dahanaki jang mushtlashuvga aylandi. Shu payt ulardan biri ikkinchisining qorniga tig‘ sanchdi. Shu tariqa, mahalladoshlarning o‘zaro murosaga kela olmagani bir yigitning umriga zomin bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)