“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent−Kiyev−Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY 741/742 reyslarini 2015-yil 5-maydan vaqtinchalik to‘xtalishi haqida ma’lum qildi.
Reyslar to‘xtatilishiga sabab sifatida O‘zbekiston va Ukraina davlatlari o‘rtasidagi aviatsiya shartnomasi bekor qilinganligi ko‘rsatilgan.
Bu yo‘nalish bo‘yicha aviakompaniya sotib olingan chiptalarni hech qanday jarimasiz qaytarib beradi. Ushbu masala bo‘yicha yo‘lovchilar “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning bosh agentligi yoki Kiyevdagi “O‘zbekiston havo yo‘llari” vakolatxonasiga murojat qilishlari mumkinligi aytilgan.
Izoh (0)