O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot Markazi olimlari tomonidan ko‘z uchun plyonka ixtiro qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi rasmiy saytida xabar berildi.
Ushbu ixtiro kimyo, tibbiyot, xususan, oftalmologiya sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi virusga qarshi faollikka ega va ta’sir spektri keng bo‘lgan, shaffof, erish muddati boshqariladigan, muddatini uzaytirish effektiga ega bo‘lgan, virusli ko‘z kasalliklarining davolash muddatini qisqartiradigan, tarkibida konservantlar bo‘lmagan ko‘z plyonkasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Mualliflar jamosi - Rashidova Sayyora Sharafovna, Sarimsakov Abdushukur Abduxalilovich, Aripova Tamara Uktamovna va Li Yuriy Borisovichga ushbu ixtiro uchun № IAP 05019 raqamli patent berildi.
Izoh (0)