Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Krasnodar” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali muxlislar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazib, jamoaning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”. Unga ko‘ra, urugvaylik yarim himoyachi Maurisio Pereyra klubning yakunlanayotgan oydagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Foto: extbet.com

Foto: extbet.com

900 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan so‘rovnomada Pereyra 28 foiz ovoz to‘pladi. Odil Ahmedov esa 17,8 foiz ovoz bilan 2-o‘rinni band etdi. Uchinchi o‘rin Roman Shirokovga nasib etdi (13,6%).

“Krasnodar” aprel oyida 5 ta o‘yin o‘tkazdi hamda unda 4 ta g‘alabaga erishib, 1 ta durang qayd etdi: “Mordoviya” (4:0), “Rubin” (2:1), “Kuban” (3:2), SSKA (1:1) va “Lokomotiv” (1:0). Ushbu o‘yinlarda Pereyra 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Rossiya Premyer-ligasining 25-turidan keyin “Krasnodar” 2-pog‘onada bormoqda. Ular peshqadam “Zenit”dan 8 ochkoga ortda qolmoqda. Krasnodarliklar 4-may kuni safarda Tulaning “Arsenal” jamoasiga qarshi o‘ynashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi