Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nepalda 25 aprel kuni ro‘y bergan 7,9 magnitudali vayronkor zilziladan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. “Segodnya.ua”ning xabar berishicha, mamlakat hukumati hodisa natijasida 6 mingdan ortiq odam halok bo‘lgani, 14 ming kishi tan jarohati olganini tasdiqladi.

Foto: Segodnya.ua

Foto: Segodnya.ua

Mamlakatning qariyb bir yarim million aholisi oziq-ovqatga ehtiyoj sezmoqda. Umuman, tabiiy ofat 8 million kishining turmushiga ta’sir qilgan.

Qayd etishlaricha, ko‘plab nepalliklar chodir va qo‘lbola inshootlarda istiqomat qilayotgan bir vaqtda badavlat sayyohlar ko‘plab xonalari bo‘sh yotgan hashamatli mehmonxonalarda yashamoqda.

Mehmonxonalardan birining nuqtai nazari ijtimoiy tarmoqlardagi keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, mehmonxona 15 gektar yer va 280ta xonaga ega, biroq jabrlanuvchilarga yordam berishni xohlamayapti.

Mehmonxona xodimlarining qayd etishlaricha, majmua joylashgan hudud – shaxsiy yerlardir, biroq ular fuqarolarning bu yerga kirishiga qarshilik ko‘rsatayotganlari yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar