Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chorvoq suv ombori yaqinidan o‘tgan yo‘lda to‘siqqa urilgan Cobalt avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.
Ilova qilingan suratlar muallifi va boshqa foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil g‘ildiragining balloni yorilgach, uni to‘xtatib bo‘lmagan va to‘siqqa qarab ketib qolgan. To‘siqqa urilish oqibatida esa ag‘darilib ketgan. Shuningdek, avtomobil tezligi 80—90 kilometr/soatdan oshmagani aytilgan.
To‘qnashuv ancha jiddiy bo‘lganiga qaramay, xavfsizlik yostiqchasi ishlagani tufayli haydovchi omon qolgan, uning sog‘lig‘i ham yaxshi ekanligi aytilgan. Mashinaning o‘zi esa ancha ayanchli ahvolga kelib qolgan.
Izoh (0)