Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina bo‘yicha nizolarga qaramay, Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ikkinchi jahon urushida natsistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligini nishonlash uchun 10-may kuni Moskvaga keladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Foto: AP

Ikkala davlat yetakchilari Noma’lum Askar Qabriga gulchambar qo‘yadi, so‘ng tor doirada xizmat yuzasidan kechki taomni qabul qiladi.

Merkelning Moskvaga safari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kanslerning Rossiya poytaxtiga tashrifi davomida Ukraina atrofidagi nizolar muhokama qilinish-qilinmasligiga oydinlik kiritilmayapti.

Germaniya hukumati rasmiy vakili ta’kidlashicha, “Ikkinchi jahon urushi — Germaniya tomonidan boshlangan urushda Rossiya xalqi ko‘rgan azoblar va ular keltirgan katta qurbonliklarga ehtirom ko‘rsatish zarurati va ehtiyoji tufayli kanslerning Moskvaga tashrifi amalga oshadi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar