Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chevrolet kompaniyasi “Indianapolisning 500 mili” avtopoygalari uchun xavfsizlik avtomobil (safety car, pace car) sifatida GM tarixidagi eng kuchli model bo‘lgan Chevrolet Corvette Z06’ni taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Trek avtomobili oddiy Corvette’dan bo‘yalishi va chaqnovchi mayoqlari borligi bilan farq qiladi. Shuningdek, ushbu modelning dvigateli (6,2 litrli, sakkiz silindrli) va tormozi kuchliroq. Yetti bosqichli tezlik uzatish qutisi bilan juftlikda bu motor 100 km/soat tezlikka 3,2 sekundda chiqa oladi.

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Chevrolet Corvette modeli 1978-yildan buyon 13-marta “Indi 500” poygalarining peys-kari bo‘lmoqda, Chevrolet mashinalari uchun esa bu 1948-yildan buyon 26-martadir. Bu galgi peys-karni NASCAR poygalarining to‘rt karra chempioni Jeff Gordon boshqaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Professional asarlardan tortib oddiy qoʻl telefonida olingan suratlargacha — fotorassomlarning hisobot koʻrgazmasiga fototashrif
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Dunyo
Daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi