2015-yilning 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga tashrif buyurgan Vengriya ishbilarmon doiralari delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar va savdo vaziri o‘rinbosari Laslo Saboni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston – Vengriya kun tartibining dolzarb masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘zaro aloqalarni, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Avvalroq, O‘zbekiston tomoni Vengriya Hukumatining Toshkent shahrida diplomatik vakolatxona ochish to‘g‘risidagi rejasini qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuvda bo‘lajak vazirliklararo uchrashuvlarning amaliy masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)