Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniyalik olimlar har kuni me’yorida non iste’mol qilishni tavsiya etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sayti.

Foto: sayyod.com

Foto: sayyod.com

Nonga ko‘pincha vaznning ortishiga sabab bo‘luvchi uglevod va kraxmal manbasi sifatida qaraladi. Natijada xushqomat bo‘lishni istaganlar, nondan voz kechadi.

Lekin barselonalik tadqiqotchilar nonni kundalik oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatidan o‘chirmaslikka chaqirmoqda: uni har kuni me’yorida iste’mol qilish qon tomirlariga va yurakka foydali ekan.

Bir kun davomida 2—3 bo‘lak non yeyish orqali yurak-qon tomirlaridagi kasalliklarning rivojlanishidan himoyalanish mumkin. Non iste’mol qilish orqali organizmdagi “yaxshi” va “yomon” xolesterin miqdori muvozanatda bo‘lib turadi.

Ispaniyalik shifokorlar yurak-qon tomirlaridagi kasalliklari xavfli darajaga kelib qolgan 275 nafar katta yoshli kishilar ustida o‘tkazgan tajribasidan so‘ng shunday xulosaga kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar